locale OZ

Samvel Babayan: «Biz yangi jamoa quryapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko'rish»

O'yinda Vengriya klubi g'alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samvel Babayan: «Biz yangi jamoa quryapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko'rish»
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” jamosining “Vashash” (Vengriya) klubiga qarshi uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

“Birinchi boʻlimda biroz eksperimental tarkibni tushurdik, yosh futbolchilarga oʻynash imkonini berdik. Markaziy himoyada oʻz joyiga ega boʻlmagan futbolchilar harakatlandi. Ishtiyoq boʻlgani bilan har jabhada oʻyin chiqmadi. Ikkinchi boʻlimda esa optimal tarkib maydonga tushirildi. Oʻyinni oʻzgartirib, vaziyatlar yaratildi. Tushunarsiz gol oʻtkazib yuborildi. Lekin hujumda vaziyatlar yaratdik.

Hali qilinadigan ishlar koʻp. Yaxshi, yuqori tezlikda harakatlanish uchun birinchi bosqichda yana 20-yanvar sanasida oʻyinimiz bor. Bunda biz funksional va oʻyin tonusiga tushishni maqsad qilib qoʻyamiz. Rejali dasturimizga jiddiy tarzda yondashmoqdamiz. Gol oʻtkazib yuborganimizda hech
kim ruhiy bosimga tushgani yoʻq. Bu oʻyin bizga aksincha kamchiliklar ustida ishlashga yordam beradi. Biz hozir optimal jismoniy holatda emasmiz. Biz yangi jamoa quryapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko'rish

Albatta, hali hech qaysi futbolchilar oʻz formasida emas. Individual dastur asosida ishlayotganlar bor. Bular - Jamshid Boltaboyev, Nemanya Chalasan, Muhammadkarim Toirov shular qatorida. Martin Boakeni tarkibga kelishini kutyapmiz, bugun u tarkibimizga kelib qoʻshiladi. Asosiy vazifa mavsumga yaxshi tayyorgarlik koʻrish uchun tez fikrlaydigan, tez harakatlanadigan pressing asosida oʻyin namoyish etadigan raqiblarni tanlamoqdamiz. Nazorat oʻyinlarini tahlil qilamiz, xatolar ustida ishlaymiz. Oʻylaymanki, chempionatga optimal formaga tushgan holda kirib boramiz, - deya fikr bildirdi, Samvel Vyacheslavovich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting