locale OZ

Samuel Umtiti: «Messi juda yaxshi yigit»

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Samuel Umtiti Lionel Messiga ta’rif berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samuel Umtiti: «Messi juda yaxshi yigit»
photo: gettyimages

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Samuel Umtiti Lionel Messiga ta’rif berdi.

«U juda yaxshi yigit. Odamovi va uyatchan, ammo kulishni va boshqalarni hazil bilan ermak qilishni biladi. Jamoaviy tushliklar vaqtida u doim biz bilan birga bo‘lar, kulishardi. U ham boshqalar kabi oddiy inson.

Albatta, u mashg‘ulotlarda meni aldab o‘tardi. Uni yaxshi ma’noda telba deb aytgan bo‘lardim. Uning harakatlarini oldindan topishga harakat qilish mumkin, ammo ishontirib aytamanki, ma’lum vaziyatlarda bunga to‘sqinlik qilib bo‘lmaydi. U nima qilishini bilasan, lekin u baribir buni amalga oshiradi. Unda boshqa hech kimda yo‘q xususiyat bor. Buni tushuntirib bo‘lmaydi.

Ba’zida menga u o‘yinni oldindan ko‘ra oladiganday tuyuladi. U sening nima qilmoqchi ekaningni ko‘rib turadi, bu shunchaki aql bovar qilmas holat. Shuning uchun Krishtianu Ronaldu bilan solishtirishlar haqida gap ketganda, men uchun hammasi aniq. U [Ronaldu] – ajoyib atlet va dahshatli statistik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan aql bovar qilmas o‘yinchi, ammo futbol o‘ynash borasida Messi bilan hech kim tenglasha olmaydi»,-dedi Umtiti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting