locale OZ

Samuel Eto’O: \"Kilian Mbappe tarixdagi eng buyuk fransuz futbolchisi bo‘lishi uchun yana nima qilishi kerak?\"

Kamerunlik futbolchi Mbappe haqida fikr bildirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Samuel Eto’O: "Kilian Mbappe tarixdagi eng buyuk fransuz futbolchisi bo‘lishi uchun yana nima qilishi kerak?"
FOTO: Getty Images

Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi Samuel Eto’O Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe haqida o‘zining yuqori bahosini berdi.

— "Kilian Mbappe o‘z avlodining eng yaxshi fransuz futbolchisi, hatto tarixdagi eng buyuk fransuz o‘yinchisi deb to‘liq tan olinishi uchun yana nima qilishi kerak?" — deya Eto’Oning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Le Parisien nashri.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2018-yilgi jahon chempioni, 2022-yilgi turnir finalchisi va Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Amaldagi JCh-2026 musobaqasida u hozirgacha 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fransiya terma jamoasi yarim finalga yo‘llanma olgan bo‘lib, 14-iyul kuni Arlingtondagi "Ey-Ti-end-Ti" (AT&T Stadium) stadionida Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting