«Sampdoriya» erkin agentga aylangan Lorenso Insinyega shartnoma taklif qildi
«Napoli» hamda Italiya terma jamoasi sobiq vingeri Lorenso Insinye faoliyatini «Sampdoriya» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Luka Chilli X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «dengizchilar» tajribali futbolchiga hamkorlik borasida rasmiy taklif jo‘natib ulgurgan. Ortda qolgan mavsumda italiyalik hujumchi «Peskara» sharafini himoya qilgan edi, ayni damda esa u erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. Xabarda aytilishicha, «Sampdoriya» Insinyega bonuslardan tashqari mavsumiga 500 ming yevro maosh hamda klubning yangi loyihasida asosiy rolni va’da qilmoqda. Ushbu taklif futbolchida katta qiziqish uyg‘otgan va u yaqin vaqt ichida yakuniy qarorini ma’lum qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Lorenso Insinye faoliyati davomida «Napoli», «Toronto», «Peskara» kabi klublarda to‘p surgan. Shuningdek, u Italiya milliy terma jamoasi safida Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.