locale OZ

Sammervill «Al-Hilol»ga o‘tish arafasida

Bitim qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
Summerville «Al-Hilol»ga o‘tish arafasida
ФОТО: Getty images

«Vest Ham» va Niderlandiya terma jamoasi vingeri Krisensio Sammervill faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Al-Hilol» londonliklar bilan futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli qanot hujumchisi Simone Inzagi boshqarayotgan jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Sammervill 2025/26 yilgi mavsumda «Vest Ham» safida barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Biroq uning samarali o‘yini jamoani Angliya Premer-ligasidan chiqib ketishdan saqlab qola olmadi.

Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi safida 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting