locale OZ

Samir Nasri «Benfika» — «Real» uchrashuvidan soʻng yuzaga kelgan mojaroda Vinisiusni qoʻllab-quvvatladi

YChL pley-off bosqichi doirasida boʻlib oʻtgan ushbu bahsda madridliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samir Nasri «Benfika» — «Real» uchrashuvidan soʻng yuzaga kelgan mojaroda Vinisiusni qoʻllab-quvvatladi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» va «Manchester Siti» klublarining sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri YChL pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika» — «Real» (0:1) uchrashuvidan so‘ng yuzaga kelgan mojaroda Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. Nasri lissabonliklar ustozi Joze Mourinyuning futbolchini provokatsiyada ayblaganini keskin qoraladi.

«Futbolchini 90 daqiqa davomida hushtakbozlik bilan kutib olishsa-yu, u gol urishni xohlasa... Buning ustiga buni Mourinyu gapirmoqda. Joze «Inter» bilan «Barselona»ni mag‘lub etganida, kataloniyaliklar stadioni bo‘ylab yugurib chiqqandi. «Manchester Yunayted»dagi g‘alabalarni nishonlaganda esa maydonda xuddi Tieri Anridek 20 metr tizzasida sirpanib yurgandi. Sizning bunday gapirishga haqqingiz yo‘q», — dedi Nasri Canal+ efirida.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius uchrashuvning 50-daqiqasida golini burchak bayrog‘i yonida raqsga tushib nishonlagani uchun sariq kartochka bilan jazolangan edi. Mourinyu braziliyalik futbolchining bu harakatini portugaliyalik muxlislarni ataylab g‘azablantirish deb baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting