Samat Smakov Oʻzbekiston terma jamoasining muvaffaqiyati sirini aytdi
Rasm: Olamsport.uz
Qozogʻistonning "Jetisu" klubi bosh murabbiyi Samat Smakov jahon chempionatiga chiqqan Oʻzbekiston terma jamoasini tabrikladi.
— Aferin, oʻzbek birodarlar! Qutli boʻlsin! Baxt va muvaffaqiyat uchun esa bolalar futboliga, infratuzilmaga va hakamlar tizimiga jiddiy eʼtibor qaratish kerak. Hakamchilikda futbolga aloqasi yoʻq odamlar boʻlmasligi zarur. Hammasi shunda — muvaffaqiyat kaliti mana shu, — deb yozdi Smakov oʻzining Instagram sahifasida.
Uning “aloqasi yoʻq odamlar” deganda aniq kimlarni nazarda tutgani maʼlum emas.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu natija Osiyo saralashining A guruhida BAAga qarshi 0:0 hisobidagi durang orqali taʼminlandi.
Bakradze Iman
Redaktor