Samarqanddagi bahsda tez yordam moshinasi uchrashuvga kech yetib kelgan, tabloda ham muammolar bor
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
PHOTO: Telegram
Superliga 5 turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Liga komissari “Dinamo” 1:1 “So'g'diyona” o'yinida yuzaga kelgan muammolarni pratakolga kiritdi.
Tez tibbiy yordam uchrashuvoldi mashg‘ulotda ishtirok etmagan. Aynan uning stadionga kech yetib kelishi oqibatida bellashuv 12 daqiqa kech boshlangan. Bu klub rasmiylarining uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘pol kamchiligi hisoblanadi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida ikki muxlis maydonga yugurib chiqqan. Ular Milliy gvardiya xodimlari nazorati ostida maydondan olib chiqilgan.
Stadionda tablo bilan bog‘liq muammo mavjud. U kelgusi turga qadar hal etilmasa, klubga nisbatan chora ko‘riladi.