locale OZ

Samarqandda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi

Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha bahs olib borishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari H.To‘xtayev, shahar hokimi F. Umarov, masʼullar ishtirok etdi.

Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha bahs olib borishadi. Bu o‘z navbatida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni jamoaviylik ruhida tarbiyalash va iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu bellashuvlar orqali yoshlar nafaqat o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham faol ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting