locale OZ

Samarqand viloyatida sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganlar tantanali ravishda taqdirlandi

1-, 2- va 3-darajali ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘ldilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Samarqand viloyatida sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganlar tantanali ravishda taqdirlandi
ФОТО: Getty images

Samarqand viloyatida aholining jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan va undan katta yoshdagi aholi o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari qabul qilingan edi. Mazkur jarayonning navbatdagi muhim bosqichi sifatida belgilangan talablarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda viloyatdagi 1081 ta mahallada istiqomat qiluvchi 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan va undan katta yoshdagi aholi o‘rtasida sport sinovlari qabul qilindi. Mazkur sinovlarda jami 32 552 nafar fuqaro faol qatnashib, 1-, 2- va 3-darajali ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘ldilar.

Tantanali taqdirlash marosimida Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Nurmanov ishtirok etib, sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarga ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbir davomida aholining jismoniy faolligini oshirish, sportni keng ommalashtirish, yoshlar va keksa avlod vakillarini sog‘lom turmush tarziga jalb qilish borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting