Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida Sport vaziri Adkham Ikramov FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Balgabayev bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Muloqotda nufuzli musobaqani xalqaro standartlar asosida tashkil etish, logistika, xavfsizlik va mehmonxona xizmatlarini muvofiqlashtirish masalalari chuqur tahlil qilindi.
Asosiy Olimpiada bahslarida 200 ta davlat, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun 3-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi o‘yinlarida esa 54 ta davlat shaxmatchilat ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, o‘yinlar bilan bir vaqtda o‘tadigan FIDE Kongressiga 82 ta davlatdan vakillar kelishi rejalashtirilgan.
Yig'ilishda ushbu yirik tadbirlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.