locale OZ

Samarqand futbol maktabi U16 – O‘zbekiston chempioni

G‘olib penaltilar seriyasida aniqlangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqand futbol maktabi U16 – O‘zbekiston chempioni
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 10 may kuni U16 O‘zbekiston chempionati finali doirasida Samarqand futbol maktabi jamoasi Toshkent viloyat futbol maktabiga qarshi maydonga tushdi.

Yomg‘ir ostida Charxin qo‘rg‘onidagi «Dinamo» futbol maktabi maydonida bo‘lib o‘tgan bahsda «Dinamo» jamoasining ertangi kuni bo‘lmish Samarqand futbol maktabi U16 jamoasi mamlakat chempionati finalida Toshkent viloyat futbol maktabi jamoasiga qarshi hal qiluvchi o‘yinni o‘tkazdi. O‘smirlar finalining asosiy vaqtida hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida esa o‘smirlarimiz 3:2 hisobida g‘alabaga erishib, 16 yoshgacha bo‘lganlar orasida O‘zbekiston chempioniga aylanishdi!

3-o‘rin uchun kechgan bahsda Toshkent shahri jamoasi Buxoro viloyati jamoasini 6:1 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga ega chiqdi.

O‘zbekiston chempionati U16. Final

10 may (yakshanba)

Samarqand FM – Toshkent viloyati FM – 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:2

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting