Salom, Qatar! Ehtiyot bo'linglar, O'zbekiston raqiblariga katta xatar! Vakillarimiz mundialni muddatidan avval naqd qilishdi
Photo: gettyimages
Xabaringiz bor shu kunlarda Saudiya Arabistonida U-17 yoshlilar o'rtasida osiyo chempionati bo'lib o'tyapti.
A guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi o'zining ikkinchi uchrashuvini Xitoy davlatiga qarshi o'tkazdi. Ta'kidlash kerakki, ushbu o'yinda qo'lga kiritilgan 3 ochko, bizni muddatidan avval 17 yoshlilar o'rtasidagi jahon chempionatiga olib chiqar edi. Hozirgina yakunlangan ushbu bahsda futbolchilarimiz 1:2 hisobida raqibni mag'lubiyatga uchratib, Qatar davlatida bo'lib o'tadigan mundial yo'llanmasini naqd qilishdi. Salom, Qatar! Ehtiyot bo'linglar, O'zbekiston raqiblariga katta xatar!
Mundiallar bu yosh toifasidagi vakillarimiz uchun begona emas.









