locale OZ

Saloh yozda Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Transfermarkt portali Salohni 30 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloҳ yozda Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

Muҳammad Salohning shu yozda «Liverpul»ni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli misrlik futbolchining keyingi jamoasi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi bo'lishi mumkin.

Matbuot allaqachon Salohni Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi bilan bog'lamoqda.

Ingliz klubi futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganida, uni sotib yuborib, mablag' ishlab olishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, Saloh «Liverpul» safida jami 425 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 251 ta gol urdi va sheriklariga 119 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Salohni 30 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting