locale OZ

Saloh va Van Deyk yozgi transferlar vaqtida «Galatasaroy»ga oʻtishi mumkin

Turk grandi xarajatlarni kamaytirish maqsadida bitimga Shallaini ham qoʻshishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh va Van Deyk yozgi transferlar vaqtida «Galatasaroy»ga oʻtishi mumkin
FOTO: Getty Images

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi kelayotgan yozda «Liverpul» yulduzlari Muhammad Saloh va Virjil van Deykni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ish boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda A Spor nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumki, avvalroq 33 yoshli Saloh joriy mavsum yakunlangach, ingliz klubini tark etishini e’lon qilgan edi. 34 yoshli van Deykning «mersisaydliklar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manbaning ta’kidlashicha, turk grandi transfer xarajatlarini kamaytirish maqsadida bitimga Vengriya terma jamoasi a’zosi, 28 yoshli qanot himoyachisi Roland Shallaini ham qo‘shishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Shallai joriy mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting