locale OZ

Saloh: «Umid qilamanki, «Liverpul»ga Chempionlar Ligasiga chiqishda yordam bera olaman»

Mersisaydliklar hujumchisi «Everton»ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh: «Umid qilamanki, «Liverpul»ga Chempionlar Ligasiga chiqishda yordam bera olaman»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasidagi «Everton»ga qarshi bahsdan (2:1) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur o‘yinda gol urgan futbolchi uchun bu mersisayd derbisidagi faoliyatidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi.

«Ochiqini aytsam, hissiyotlar ajoyib. Eng muhimi jamoaga xotirjamlikni saqlashga va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslikka yordam berish edi. Biz bu o‘yin juda qiyin bo‘lishini tushunib turgandik. Yakunda g‘alabani ilib ketganimizdan xursandman.

Umid qilamanki, qolgan o‘yinlarda ham gol urishda davom etaman va jamoaga hech bo‘lmaganda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishda yordam beraman. Klub bilan yuqori notada xayrlashishni istayman», — dedi Saloh Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting