Saloh uchun asosiy daʼvogar boʻlgan Saudiya jamoalari nomi maʼlum boʻldi
«Al Ittihod» va «Al Hilol» joriy qishda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni sotib olish uchun kurashda asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilmoqda. Saudiya klublatr 33 yoshli futbolchining transferi uchun mersisaydliklarga 80–100 million yevro oralig‘ida taklif berishga tayyor. Bu haqida Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, misrlik vingerga MLS klublari ham qiziqmoqda, biroq moliyaviy shartlar borasida ular Saudiya klublari bilan raqobat qila olmayapti.
Avvalroq Saloh «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashganini aytgan va jamoada hozirgi vaziyatda o‘zini «kuzgi qurbon»dek his qilayotganini ta’kidlagan edi.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Salahning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.