locale OZ

Saloh Runi va Anrining rekordini yangiladi

Misrlik futbolchi «Nyukasl»ga qarshi bahsda bitta assist qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh Runi va Anrining rekordini yangiladi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasida bitta stadionda amalga oshirilgan samarali harakatlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.

APLning 24-turi doirasida o‘tgan «Nyukasl»ga qarshi bahsda (4:1) Saloh yarimhimoyachi Florian Virtsga golli uzatma yetkazib berdi. Bu misrlik futbolchi uchun «Enfild» stadionidagi 152-samarali harakat (gol+pas) bo‘ldi.

Shu tariqa, Saloh «Manchester Yunayted»ning sobiq forvardi Ueyn Runining ko‘rsatkichini yangiladi. Runi «Old Trafford»da 151 ochko jamg‘argan edi. Kuchli uchlikdan «Arsenal» afsonasi Tyerri Anri ham joy olgan.

APLda bitta stadionda eng ko‘p ochko to‘plagan futbolchilar:

  1. Muhammad Saloh («Liverpul»), «Enfild» — 152 ball (107 gol, 45 assist).
  2. Ueyn Runi («Manchester Yunayted»), «Old Trafford» — 151 ball (101 gol, 50 assist).
  3. Tyerri Anri («Arsenal»), «Xayberi» — 151 ball (114 gol, 37 assist).
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting