Saloh qayerda faoliyatini davom ettiradi? Asosiy da'vogarlаr ma'lum
Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning «Liverpul»dan keyingi faoliyati hali ham noaniqligicha qolmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda, ammo u Jahon chempionati–2026da Misr terma jamoasining ishtiroki yakunlanmaguncha o‘z kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmoqchi emas.
Ayni paytda Saudiya Pro-ligasi klublari Salohni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da'vogarlаr sifatida ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, tajribali futbolchiga Yevropa va AQSh klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Saloh uchun ehtimoliy yo‘nalishlardan biri — Italiyaga qaytish. Unga «Inter», «Roma» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Turkiyaning «Galatasaroy» va «Fenerbahche» klublari, shuningdek MLS jamoalari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi.