locale OZ

Saloh: «Men Holandni hurmat qilaman, lekin APL toʻpurari menman»

«Liverpul» hujumchisi unga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh: «Men Holandni hurmat qilaman, lekin APL toʻpurari menman»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh so‘nggi kunlarda OAV va muxlislar tomonidan bildirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi.

Misrlik yulduzning ta’kidlashicha, klub uchun qilgan ishlariga qaramay, u hanuz o‘zini himoya qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirda 33 yoshli vinger APLda faol o‘ynayotgan futbolchilar orasida 190 gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylangan.

«Men Holandni hurmat qilaman, lekin mavzuda uni tilga olishga majburman. Hozir Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari — menman. U hali bu darajaga yetmagan. Umid qilaman, u ham buning uddasidan chiqadi va bundan mamnun bo‘ladi. Men uni hurmat qilaman, buni Erlingning o‘zi ham biladi.

Men eng yaxshi to‘purarman, eng yaxshi o‘yinchi bo‘lganman, chempionlikni ham shunday uslubda qo‘lga kiritganman. Lekin baribir OAV va muxlislar oldida o‘zimni oqlashimga to‘g‘ri kelmoqda», — dedi Salah «Lids»ga qarshi 3:3 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng. U mazkur bahsni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Holand APLdagi 112 o‘yinda 100 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting