Saloh «Liverpul» safida toʻqqizta oʻyindan beri gol ura olmayapti
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasida qatorasiga to‘qqizta o‘yindan buyon raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmayapti.
Misrlik futbolchi APL doirasida so‘nggi bor o‘tgan yilning 1 noyabr kuni «Aston Villa»ga qarshi bahsda (2:0) gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shundan so‘ng boshlangan ushbu golsiz seriya Salohning «Liverpul» safidagi butun faoliyati davomidagi eng omadsiz va eng uzoq davom etayotgan antirekordiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha «Liverpul» mehmonda «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushdi va uchrashuvning so‘nggi soniyalarida qiyinchilik bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Saloh bahsni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa-da, maydonni golsiz tark etishga majbur bo‘ldi.
Umuman olganda, joriy mavsumda Saloh merdisaydliklar safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.