locale OZ

Saloh: «Klub menga koʻplab vaʼdalar bergandi, lekin ularni bajarmadi»

«Liverpul» hujumchisi asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotganidan norozi boʻlmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh: «Klub menga koʻplab vaʼdalar bergandi, lekin ularni bajarmadi»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining 15-turida «Lids Yunayted»ga (3:3) qarshi o‘yindan so‘ng jamoadagi o‘z pozitsiyasidan norozi ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi shu yil bahorida «Liverpul» bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgan edi. Joriy mavsumda esa u boshlangʻich tarkibda kamroq maydonga tushmoqda: oxirgi uchta o‘yinda Saloh zaxirada qolgan.

«Ushbu yoz klub ko‘plab va’dalar berdi, ammo men allaqachon uchta o‘yinni zaxirada o‘tkazdim. Ular va’dalarini bajargan deyish qiyin», – deya Salah so‘zlarini keltiradi VG.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq matbuotda Salohning Yaqin Sharqqa o‘tishni rad qilgani haqida xabarlar tarqalgan. Misrlik futbolchi Saudiya Pro-Ligasiga o‘tganida 500 million yevrodan oshiq daromad olishi mumkin edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting