locale OZ

Saloh Jerrardga yetib oldi

Misrlik forvard Mersisayd derbisida bitta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh Jerrardga yetib oldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» qanot hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasidagi «Everton»ga qarshi bahsda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. U mazkur uchrashuvda bitta gol urishga erishdi.

Shu tariqa, misrlik futbolchi mersisayd derbisida kiritilgan gollar soni bo‘yicha «Liverpul» sobiq sardori Stiven Jerrardning rekordini takrorladi. Bu haqda OptaJoe xabar bermoqda.

Saloh ham, Jerrard ham «Everton» darvozasini jami 9 bor ishg‘ol etishgan. Ta’kidlash joizki, misrlik vinger o‘zining so‘nggi Liverpul derbisini o‘tkazmoqda. Avvalroq futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan edi.

Saloh 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan davr mobaynida 33 yoshli hujumchi barcha turnirlar doirasida 439 ta o‘yinda maydonga tushib, 257 ta gol va 122 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting