locale OZ

Saloh \"Brayton\"ga qarshi o‘yin uchun \"Liverpul\" qaydnomasi tarkibiga qaytdi

33 yoshli Saloh 2017 yil yozidan beri "Liverpul" safida to‘p surib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh "Brayton"ga qarshi o‘yin uchun "Liverpul" qaydnomasi tarkibiga qaytdi
ФОТО: Getty images

Hujumchi Muhammad Saloh APL doirasida "Brayton"ga qarshi bahs oldidan "Liverpul"ning o‘yin qaydnomasi tarkibiga kiritildi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Avvalroq Saloh bosh murabbiy Arne Slot bilan munosabatlar keskinlashgani ortidan Chempionlar ligasida "Inter"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

12 dekabr kuni futbolchi va niderlandiyalik mutaxassis o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Unda tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishgan.

33 yoshli Salah 2017 yil yozidan beri "Liverpul" safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda misrlik futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting