locale OZ

Saloh «Aston Villa»ga qarshi bahsga tayyor

Alisson va Wirtz ham safga qaytishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Salah «Aston Villa»ga qarshi bahsga tayyor
ФОТО: Getty images

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasining 37-turi doirasida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jamoa tarkibiga qaytishga tayyor. Bu haqda klubning rasmiy sayti orqali matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bellashuv 15-may, juma kuni Birmingemdagi «Villa Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, mushak jarohati sabab so‘nggi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan Saloh navbatdagi bellashuvda maydonga tushishga tayyor holatda.

Shuningdek, «Chelsi»ga qarshi o‘yin ikkinchi bo‘limida almashtirilgan himoyachi Ibrahima Konate ham ushbu uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

Braziliyalik darvozabon Alisson va yarim himoyachi Florian Virtzning holati esa qo‘shimcha tibbiy ko‘riklardan so‘ng aniqlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting