locale OZ

Saliba — \"Real\"ning yozgi transfer maqsadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saliba — "Real"ning yozgi transfer maqsadi
Saliba — "Real"ning yozgi transfer maqsadi

Londonning "Arsenal" jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba yozda jamoasini tark etishi mumkin. Marca nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli fransuz madridliklarning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.

"Real" prezidenti Florentino Peres uni kelasi mavsum uchun mudofaaga muhim qo‘shimcha sifatida ko‘rmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham ispaniyalik klubning qiziqishi haqida xabardor.

Saliba 2019 yildan beri "Arsenal" safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 46 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Uni 80 million yevro atrofida baholashmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting