Sakkizinchi turning markaziy uchrashuviga 3 kun qoldi
O‘zbekiston PRO-Ligasi 8-turi doirasida “Metallurg” “Kattaqo‘rg‘on” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
photo: Metallurg FK
O‘zbekiston PRO-Ligasi 8-turi doirasida “Metallurg” “Kattaqo‘rg‘on” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Onlayn jadvalda bir xil 14 ochkodan jamg‘arib, uchinchi va to‘rtinchi pog‘onani egallab turgan klublar to‘qnashuvi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, jamoa raqibdan ikki barobardan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lgan — 15 - 7. Aynan shuning uchun ham hozirda “Metallurg” TOP-3ni yakunlab bermoqda.
O‘yin Bekoboddagi “Metallurg” stadionida 31-may kuni bo‘lib o‘tadi va 18:00da start oladi.
Mazkur bahsdagi g‘alaba bekobodliklarning jadvaldagi holatini ham ancha yaxshilab olish imkonini beradi.
PRO-Liga
8-tur
“Metallurg” — “Kattaqo‘rg‘on”
31.05.2026
18:00
Ibrohim Jalolov
Redaktor