Saka va Rays “Koventri Siti”ga qarshi o‘yinga tayyor — Arteta
Mikel Arteta APLning 1-turidan o‘rin olgan “Koventri Siti”ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa futbolchilarining holati haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 1-turidan o‘rin olgan “Koventri Siti”ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa futbolchilarining holati haqida gapirdi. Murabbiyning aytishicha, Bukayo Saka va Deklan Rays o‘yinda ishtirok etishga tayyor.
“Bukayo Saka va Deklan Rays uchrashuvda qatnashishga tayyor”, — dedi Arteta. Shu bilan birga, Yurriyen Timber hali jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytmagan. Murabbiy uning tiklanishi uchun yana bir necha hafta kerak bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Arteta jamoaning optimal tarkib hajmi haqida ham fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 22 nafar maydon futbolchisi va uch-to‘rt nafar darvozabon yetarli bo‘lishi mumkin. Biroq bunda futbolchilarning jarohatlar tarixi, jismoniy holati va bir nechta pozitsiyada o‘ynay olish qobiliyati ham hisobga olinadi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” — “Koventri Siti” uchrashuvi 21-avgust kuni APLning yangi mavsumidagi 1-tur doirasida bo‘lib o‘tadi. Londonliklar yangi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist