Saka: «O‘ylayman, Tuhel — ajoyib murabbiy»
Turnirdagi birinchi o‘yinda Angliya 17 iyun kuni Xorvatiya bilan to‘qnash keladi.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka milliy jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuhel haqida fikr bildirdi.
"O‘ylayman, u ajoyib murabbiy va u kelganidan beri nima xohlayotganini hamda jamoaga qanday talablar qo‘yayotganini aniq ko‘rsatib berdi. U g‘olib va, shubhasiz, bu jamoa ham g‘alaba qozonishni xohlaydi. Biz uni juda yaxshi qabul qildik", — deya Sakaning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
52 yoshli Tomas Tuhel Angliya terma jamoasini 2025 yil boshidan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi jahon chempionatida inglizlar L guruhida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Turnirdagi birinchi o‘yinda Angliya 17 iyun kuni Xorvatiya bilan to‘qnash keladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist