locale OZ

Saka «Arsenal»da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin

Shartnoma uzaytirilsa, u haftasiga taxminan 343 ming yevro ish haqi oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saka «Arsenal»da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Arsenal” futbolchisi Bukayo Saka klub bilan shartnomasini uzaytirish arafasida. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, inglizning 24 yoshli futbolchisi klub safida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. U haftasiga taxminan 343 ming yevro ish haqi oladi.

Shartnoma 5 yilga uzaytiriladi. Shuningdek, muzokaralar muvaffaqiyatli tarzda olib borilayotgani qayd etilgan.

Hozirda Sakaning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda Saka 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 140 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting