locale OZ

Saka «Arsenal» tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi

Yangi bitim 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saka «Arsenal» tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” klubi vingeri Bukayo Saka bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Yangi bitim 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.

TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining haftalik maoshi 300 ming yevroga yetadi. Natijada, u klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylanadi.

Saka “to‘pchilar”ning asosiy tarkibida 284 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol va 74 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Sakaning transfer qiymati 130 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting