Saj «Kristal Pelas»ni boshqaradi – Romano
47 yoshli mutaxassis APLda ishlashga rozilik bergan.
ФОТО: Getty images
Fransiyaning "Lans" klubi bosh murabbiyi Pyer Saj Angliyada yangi ish topishga yaqin.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, 47 yoshli mutaxassis tez orada "Kristal Pelas"ni boshqaradi.
"Burgutlar" Oliver Glasner ketganidan so'ng faol ravishda yangi murabbiy izlamoqda.
Manbaga ko'ra, Saj Konferensiyalar Ligasi g'olibi bilan mehnat shartnomasini imzolashga tayyor. Fransiyalik murabbiy qo'l ostidagi "Lans" o'tgan mavsumda sezilarli yutuqlarga erishdi.
"Qonli-oltinranglilar" Liga 1 kumush medallarini qo'lga kiritdi, shuningdek, Fransiya Kubogini ham yutdi. "Lans"dagi faoliyatidan avval Saj "Lion"ni boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist