Saj «Kristal Pelas» bosh murabbiyiga aylanadi
Tomonlar kelishuvga yaqin.
ФОТО: Getty images
Angliyaning “Kristal Pelas” klubi bosh murabbiylik lavozimiga asosiy nomzodni aniqlab oldi.
London klubi “Lans”dagi Per Sajni tayinlamoqchi, bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Kristal Pelas” Saj bilan muzokaralarda sezilarli darajada oldinga siljigan. Tomonlar kelishuvga yaqin.
Avvalroq boshqa insayderlar Saj “Lans”ni tark etishga qaror qilgani haqida xabar berishgan edi. Shu bilan birga, yozda jamoani tark etadigan “Kristal Pelas”ning amaldagi murabbiyi Oliver Glasner “Milan”ga tayinlanishga yaqin turibdi.
“Kristal Pelas” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinni egalladi. Shuningdek, klub UEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist