locale OZ

Saj: «Bizda ko‘plab golli vaziyatlar bo‘ldi»

"Kristal Pelas" turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda.
Saj: «Bizda ko‘plab golli vaziyatlar bo‘ldi»
ФОТО: Getty images

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Pyer Saj Angliya Premyer-ligasida «Manchester Siti»dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoasining o‘yinini baholadi.

«Menimcha, 60–65 daqiqa davomida o‘yinda qoldik. Ammo almashtirishlarimdan keyin jamoaning harakatlaridagi energiya pasaydi va bu meni biroz jahlimni chiqardi. Bizda ko‘plab golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo bunday raqibga qarshi imkoniyatlardan foydalanmasangiz, ijobiy natijaga umid qilish qiyin.

Almashtirish qilganda, charchagan futbolchilar o‘rniga tetik o‘yinchilar tushib, jamoaga yangi kuch bag‘ishlashini kutasiz. Men esa buni ko‘rmadim», — dedi Saj Sky Sports'ga.

Avvalroq «Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska ham mazkur uchrashuv haqida fikr bildirgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting