locale OZ

Saidumarxon Saidnurullayev — «Metallurg» futbolchisi

Saidumarxon faoliyati davomida Toshkentning "Paxtakor" hamda "Andijon" klublari sharafini himoya qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Saidumarxon Saidnurullayev — «Metallurg» futbolchisi
Фото: Металлург ПФК

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Metallurg» tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, hujumkor yarim himoyachi Saidumarxon Saidnurullayev yangi mavsumni safimizda ўтказадиган бўлди.

O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi chorak finalchisi, yaqinda Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan U-23 Osiyo Kubogida jamoamizni maydonga sardor sifatida boshlab tushdi. Saidumarxon Saidnurullayev yurtimizning eng umidli yoshlaridan biri hisoblanadi.

20 yoshli Saidumarxon faoliyati davomida Toshkentning "Paxtakor" hamda "Andijon" klublari sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saidumarxon Saidnurullayev o‘tgan mavsum "Andijon" klubi safida harakat qildi. Superliganing 10 ta va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi 1 ta uchrashuvda maydonga tushgan yarim himoyachi 2 ta gol urdi va 3 ta assist muallifiga aylangan. Shuningdek, futolchi andijonliklar safida Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida (4) ham o‘zining yorqin o‘yini bilan ajralib tura oldi.

"Iqtidorli yarim himoyachi yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Saidumarxon Saidnurullayevga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.

Saidumarxon Saidnurullayev
Tug‘ilgan sanasi: 13.04.2005
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Bo‘yi: 1.78
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Paxtakor", "Andijon".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting