Safonov «PSJ»ni tark etmaydi
U Shevale bilan raqobatlashishga tayyor.
ФОТО: Getty images
Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov qishki transfer oynasida "PSJ"ni tark etmaydi. Bu haqda Top Mercato nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi joriy mavsumda atigi 1ta o‘yin o‘tkazgan Safonovning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Kulgi, bu shunchaki spekulyatsiya. U bilan besh yillik shartnoma imzolaganimizni unutmang. U kelganidan beri juda ko‘p qo‘shdi. U "PSJ" darajasiga mos kelishini tasdiqladi", – deyiladi klub xabarida.
26 yoshli Safonov ham "PSJ"ni tark etish haqida o‘ylamayapti. U Shevale bilan raqobatlashishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist