locale OZ

Safina Sadullayeva Polshadagi xalqaro turnirda gʻalaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Safina Sadullayeva Polshadagi xalqaro turnirda gʻalaba qozondi
FOTO: Olympic.uz

Polshaning Belostok shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi.

Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan bronza darajadagi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva ishtirok etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 1.90 metr natija bilan mavsumdagi eng yuqori natijasini koʻrsatdi.

Balandlikka sakrash, ayollar:

Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) - 1.90 metr

Katerina Tabashnik (Ukraina) - 1.87

Viktoriya Miaso (Polsha) - 1.84

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting