locale OZ

Sadriddin Hasanov – Turnirning eng yaxshi futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sadriddin Hasanov – Turnirning eng yaxshi futbolchisi
PHOTO: Telegram

Hozirgina Saudiya Arabistonida 17 yoshli futbolchilar o'rtasidagi osiyo chempionati o'z nihoyasiga yetdi.

Final uchrashuvida O'zbekiston U17 terma jamoamiz 2 kishi kam bo'lib qolib, mezbon Saudiya Arabistoni U17 terma jamoasini 2:0 hisobida tor-mor etdi.

OFK Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan sovrinni ham vakillarimizga topshirdi. Terma jamoamizning 7 raqamli futbolchisi Sadriddin Hasanov qit'aning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi!

Hasanov turnir davomida jami 4ta gol urdi. Taylandga qarshi bellashuvning ilk golini o'z hisobiga yozdirib qo'ygan bo'lsa, Xitoyga qarshi kechgan bahsda hisobni tenglashtirdi. Bunyodkor futbolchisi imkoniyatlardan foydalanishni Shimoliy Koreyaga qarshi kechgan o'yindan davom ettirgan bo'lsa, finalda raqibni chiroyli tarzda jazoladi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting