Sadio Manening Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi
Ishonchli manbalarga ko‘ra, Mane hozircha terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qilmagan.
Foto: Getty Images
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Sadio Mane Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar keng tarqaldi.
Biroq bu ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ishonchli manbalarga ko‘ra, Mane hozircha terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afrika Millatlar kubogidan keyin Manening xalqaro faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘lgandi. Ammo hozircha bu borada futbolchining o‘zi yoki Senegal futbol federatsiyasi tomonidan rasmiy bayonot berilmagan.
Shu tariqa, Sadio Manening Senegal terma jamoasini tark etgani haqidagi xabarlar feyk ekani ma'lum bo‘ldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist