Ryudiger yozda «Real»ni tark etishi mumkin
Transfermarkt portali Antonio Ryudigerga 12 million yevro baho berdi.
ФОТО: Getty images
“Real” himoyachisi Antonio Ryudiger kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda AS nashri.
Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Germaniyalik 32 yoshli futbolchi yozda erkin agent sifatida istalgan jamoa safiga borib qo'shilishi mumkin.
Uning xizmatlariga “Galatasaroy”, "PSJ" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, u Saudiya Arabistonining "An-Nasr" va "Al-Hilol" klublari radaridan ham joy olgan.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali Antonio Ryudigerga 12 million yevro baho bermoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist