locale OZ

Rustamov: «Yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanganimizda 3-4ta to'p farqi bilan yutishimiz mumkin edi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rustamov: «Yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanganimizda 3-4ta to'p farqi bilan yutishimiz mumkin edi»
Фото: Қизилқум ПФК

Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov o‘z fikrlarini bildirdi.

"O‘yin qiyin o‘tishini bilardik. O‘tgan tur "Xorazm"ga qarshi sun’iy maydonda to‘p tepganimizdan so‘ng tabiiy maydonga o‘tish biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramay, yigitlar bor kuch bilan harakat qilishgani uchun rahmat aytmoqchiman. Agar yaratilgan vaziyatlardan foydalanganimizda 3-4ta to‘p farqi bilan yutishimiz mumkin edi. Lekin yaratilgan imkoniyatlar golga aylanmadi va natijada bir ochkodan bo‘lishib oldik.

- Endi Superligada tanaffus yuzaga keldi. Bu oraliqda jamoaning rejalari qanday?

- Biz allaqachon reja ishlab chiqqanmiz. Uch-to‘rt kun futbolchilarga dam berib, shundan so‘ng yana Navoiy shahrida yig‘ilamiz. O‘rtoqlik uchrashuvlarini ham gaplashib qo‘yganmiz. Navoiyda bitta, Toshkentda ikkita nazorat bahsi o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Bu yog‘iga bo‘shashishga umuman haqqimiz yo‘q. Tanaffusdan keyin o‘zimizni ko‘rsatib, jadvalning yuqori qismiga chiqishga harakat qilamiz.

- "Bunyodkor"ga qarshi tarkibni Xorazmdagi o‘yindan keyin kelib chiqqan holda aniqladingizmi? Chunki Islom Kenjaboyev bilan Shohruz Norxonov zaxirada qoldi.

- Kim o‘yinga yuz foiz tayyor bo‘lsa, shu futbolchilarni asosiy tarkibda tushirdik. Biz har bir o‘yinga reja bo‘yicha tayyorgarlik olib boramiz.

- Zaxiradan maydonga tushgan Bobomurod Bozorovning o‘yini haqida fikringiz?

- Bobomurod jamoamiz o‘yinini kuchaytirdi. Biz bundan keyin ham navoiylik yoshlarga imkon berishda davom etamiz. Aslida bir masalaga to‘xtalmoqchi emasdim-u, lekin to‘xtalishga majburman. "Surxon" bilan o‘yinda hakamlar ikkita penalti bermadi. Bugun esa toza golimizni bekor qilishdi. Bularni gapirmoqchi emasdim, lekin ichimizda saqlab ham bo‘lmayapti. Gapirmasa bo‘lmaydigan holatga kelib qoldik. "Surxon" bilan bahsda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. "Andijon"ga qarshi uchrashuvda ham golimizni hisoblashmadi. Hakamlar bilan ishlaydigan yuqori tashkilot bor, mana shu o‘yinlarni ko‘rib chiqishlarini so‘rayman. Bunga yana qancha chida sh mumkin bilmayman", - dedi Rustamov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting