Rustam Xodjaev: “Ikkala jamoani ham o'yindan ko'zlagan maqsadi bor”


“Xo'jand” va “Andijon” (1:1) jamoalari o'rtasidagi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin tojikiston jamoasi ustozi Rustam Xodjaev “Andijon” matbuot xizmatining savollariga javob qaytardi.
- O'yin haqida fikringiz qanday?
- Avvalo, O'zbekiston milliy terma jamoasini tarix yaratib jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, bu do'stlik, bu o'rtoqlik uchrashuvi edi. “Andijon”ni ham, “Xo'jand”ni ham o'z maqsadi bor. FIFA kunlaridagi tanaffusda bizlarga o'yin kerak edi. “Andijon” kelganiga va ushbu uchrashuvni o'tkazganimizga rahmat. Jamoamizga o'yin amaliyoti kerak edi. Yarim soatdan to'rtta taym o'ynadik. Bu o'yin chempionat davomida bizga yordam beradi.
- 1:1 natijasi o'yinga mos bo'ldi, deb o'ylaysizmi?
- Hamma maydonga chiqib g'alaba uchun kurashadi. Biroq doim ham biz xohlagandek bo'lmaydi. Yaxshi o'yin ko'rdik. Ikki tomon ham uchrashuvdan ko'zlangan maqsadiga erishdi. Tabiiyki, biz g'alabani xohladik. Ammo “Andijon” ham yutmoqchi edi. Bu futbol. Albatta, 1:1 natijasini o'yinga mos bo'ldi, deb aytsa bo'ladi.
- “Andijon” sizda qanday taassurot qoldirdi?
- “Andijon”ning tarkibida o'zgarishlar bor edi. Lekin o'yinchilarning mahorati borligi ko'rinib turibdi. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlarida turli tarkiblardan foydalaniladi va qaysi tarkibi optimal ekanini bilmaymiz. Ammo raqib ancha tajribali.
- Siz uchun eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?
- Bu uchrashuvda eng yaxshi o'yinchi – ikkinchi darvozabonimiz Mo'ydinov. Yosh posbon menga yoqdi.
- “Xo'jand” tarkibida o'zbekistonlik futbolchilar bor va ular sizga yoqyaptimi? Yana yangi o'zbekistonlik legionerlar paydo bo'lishi mumkinmi?
- Ha, bizda uch nafar o'zbekistonlik legionelar bor. Islom Toshpo'latov bu bahsda o'ynamadi, ikkitasi maydonga tushdi. Asilbek Begimqulov, Firdavs Abdusalimov maydonga tushishdi. Bu legionerlar bizga yoqadi. Ikkinchi davrada balki yana yangi o'yinchilar kelishi ham mumkin.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12