Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar Al-Vasln — Al-Nassr bahsini boshqaradi
Oʻzbekistonlik hakamlar OChL-2 chorak finalida ishlaydi.
photo: UzFHM
Oʻzbekistonlik hakamlar OChL-2 chorak finalida ishlaydi.
Ertaga Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Al-Vasl” (BAA) — “Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar sifatida Akmal G‘iyosov va Sanjar Shoyusupov ishlaydi. VAR hakami — Ahrol Risqullayev.
Ibrohim Jalolov
Redaktor