Rustam Ashurmatov: \"Har bir oʻyinga bor kuchimiz bilan tayyorgarlik koʻramiz\"
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi BAAda mashgʻulotlarni boshladi. Rustam Ashurmatov oldinda turgan bahslar haqida UFA rasmiy saytiga fikr bildirdi:
“Kayfiyat zo'r, mana mashg'ulotlarni ham boshlab oldik. Kecha ham shug'ullanganmiz. Holatimiz yaxshi. Xudoga shukur, jarohatlar yo'q. Bosim yo'q, sababi bu bosqichda har bir o'yin o'ziga yarasha muhim bo'lgan va bu uchrashuv ham huddi shunday. Hech qaysi bahsni alohida ajratib ko'rsatmaymiz va har bir o'yinga bor kuchimiz bilan to'liq tayyorgarlik ko'ramiz. Maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz hamda o'ylaymanki bu bizni qo'limizdan keladi. Jamoamizni kuchi g'alaba uchun maydonga chiqishga bemalol yetadi”,-deydi terma jamoamiz hamda “Rubin” himoyachisi Rustam Ashurmatov
Eslatib o'tamiz O'zbekiston milliy terma jamoamiz Dubayda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda va 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi Jahon chempionati saralashi so'nggi bosqichi doirasidagi muhim uchrashuvni o'tkazadi. Ushbu bahsda eng kamida bir ochko qo'lga kiritilishi terma jamoamizning Jahon chempionati yo'llanmasini naqd qilishi uchun yetarli bo'ladi.