Rustam Ashurmatov “Esteqlol”dan ketishi mumkin
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Eronning “Esteqlol” klubini tark etishi mumkin. Futbolchi bir oy avvalgina Rossiyaning “Rubin” jamoasidan 450 ming yevro evaziga transfer qilingan edi.
Ashurmatov 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan va oyiga 50 ming dollar maosh olishi kutilgan edi. U jamoaning asosiy himoyachisi sifatida ko‘rilgan, ammo Football nashri xabariga ko‘ra, og‘ir jarohat sabab butun mavsumni o‘tkazib yuborishi mumkin.
“Esteqlol” bosh murabbiyi rahbariyatdan yangi himoyachi topishni so‘ragan va Ashurmatovning jarohatdan to‘liq tiklanishiga shubha bildirgan.
Bu jarohat O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham jiddiy yo‘qotish bo‘ladi, chunki Rustam milliy jamoa asosiy tarkibining muhim o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.