Rustam Ashurmatov Eronning \"Istiqlol\" klubi futbolchisiga aylandi
Photo: Getty Images
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Rustam Ashurmatov Eronning "Istiqlol" jamoasi futbolchisiga aylandi.
Tehronliklar Ashurmatovning transferi borasida Rossiyaning "Rubin" klubi bilan kelishuvga erishdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, "Istiqlol" Rustamning transferi uchun 500 ming yevro to‘lagan.
Shu tariqa, Rustam Jaloliddin Masharipov bilan bir jamoada to‘p suradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov 2023 yilning yanvar oyida "Rubin" safiga qo‘shilgan edi. Ikki yil davomida u 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist