Rustam Ashurmatov Eronga yetib bordi. U tez orada \"Istiqlol\" futbolchisiga aylanadi
Photo: Istiqlal Tehran
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.
28 yoshli futbolchi “Rubin” bilan xayrlashgandi. Bugun u Eron poytaxti Tehronga yetib bordi.
Tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va keyin “Istiqlol” bilan bitim imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq “Istiqlol” klubi Ashurmatov transferi uchun 450 ming yevro to‘lashi xabar qilingandi. Futbolchining o‘zi Jaloliddin Masharipov bilan bir jamoada o‘ynashi kutilmoqda.
Bu klubda “Dinamo”dagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan Joël Kojo ham to‘p suradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist