locale OZ

Ruslanbek Jiyanov: «Navbahor»ning yubiley golini urganimdan xursandman

Ruslanbek jamoasining 1600-golini urdi.
Ruslanbek Jiyanov: «Navbahor»ning yubiley golini urganimdan xursandman
Фото: Навбаҳор ПФК

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan, 17 iyul kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – OKMK (2:3) uchrashuvida jamoamiz yubiley – 1600-golini urdi va ushbu golga jamoamiz yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov mualliflik qildi.

Shu munosabat bilan 25 yoshli mahoratli futbolchidan intervyu oldik.

- “Navbahor” nafaqat mamlakatimiz, balki Osiyo qit’asi hamda sobiq ittifoq davlatlarida ham tanikli, Superligamizning “Paxtakor” bilan birgalikda ikki muntazam ishtirokchisidan biri, shuningdek, yurtimizning eng sovrindor klublaridan biri bo‘lganligi bois, jamoaning yubiley goli muallifiga aylanish va “Navbahor” tarixida qolganimdan xursandman.

O‘sha yubiley gol borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, uni jamoamizning ajoyib kombinatsiyasidan so‘ng urdim. O‘shanda raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni jamoadoshim Abbosjon G‘ulomovdan qabul qilib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llab, darvozani aniq nishonga olgan holda, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldim. Afsuski, uchrashuv yakunida alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Lekin bunga loyiq emasdik.

Endi 23 iyul kuni “Qizilqum”ga qarshi kechadigan bellashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

OKMK darvozasiga urgan ushbu golim “Navbahor”ning yubiley -1600-goli ekanligini bilganimdan keyin juda xursand bo‘ldim.

Joriy mavsumda ishqibozlarga quvonch ulashish, ijobiy natijalarni qayd etish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat muxlislar bizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani, - dedi Ruslanbek Jiyanov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting