Ruslan Roziyev Qirg‘iziston klubi bilan bitim imzoladi
Uning so‘nggi jamoasi ham Belarusiyaning “Naftan” klubi hisoblanadi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik hujumchi Ruslan Roziyev faoliyatini Qirg‘iziston chempionatida davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi “Bishkek City” bilan bitim tuzdi. Kelishuv yil yakuniga qadar amal qiladi.
“Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Ruslan faoliyati davomida O‘zbekiston, Chexiya, Belarus klublarida o‘ynagan. Uning so‘nggi jamoasi ham Belarusiyaning “Naftan” klubi hisoblanadi.
O‘tgan yili “Bishkek City”da o‘zbekistonlik himoyachi Abdug‘ani Kamolov to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist