locale OZ

Runi Van Deyk va Salohni tanqid qildi

Joriy mavsum «Liverpul»ning ishlari yurishmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Runi Van Deyk va Salohni tanqid qildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» va Angliya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk va hujumchi Muhammad Salohning joriy mavsumdagi oʻyini haqida fikr bildirdi.

«Hozir murabbiy va jamoa yetakchilari juda tez yechim topishi kerak. Van Deyk ham, Saloh ham yangi shartnoma imzolashgan, ammo menimcha, bu mavsumda ular jamoani ortidan ergashtira olayotgani yoʻq.

Ular klubdagi eng kuchli ikki oʻyinchi, lekin agar ularning oʻyini kutilgan darajada boʻlmasa, bu butun jamoaga taʼsir qiladi. Balki xato qilayotgandirman, lekin agar men «Liverpul» muxlisi yoki murabbiyi boʻlganimda, bu holat meni jiddiy tashvishga solgan boʻlardi», — dedi Runi.

Maʼlumot uchun, «Liverpul» Angliya Premyer-ligasining 9-turidan soʻng 15 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 7-oʻrinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting